“Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rаsmlаr” va “Eng yaxshi insholar” tanlovi e’lon qilindi.
🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rаsmlаr” va “Eng yaxshi insholar” tanlovini e’lon qiladi.
↪️Tanlovlarda oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talaba-yoshlari o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
↪️Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi: fakultet, oliy ta’lim muassasasi va mintaqa bosqichi.
🏆Tanlov g‘oliblari Yoshlar ishlari agentligi hisobidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
➡️Tanlov nizomini o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1prt58dU7mFwzTaRlhI5nfthQMZzERlpm/view?usp=sharing)
☑️Tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichi joriy yil mart oyining birinchi o‘n kunligida, yakuniy mintaqa bosqichi esa mart oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi
⏺Ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.
So'nggi yangiliklar
TOP–300 talikka kirgan xorijiy universitetlarda o‘qish istagidagi yoshlar va pedagoglarga ta’lim krediti ajratiladi
Homilador talaba-qizlar va yosh onalar uchun “ikkinchi imkoniyat” — ta’lim uzviyligi ta’minlanadi
Abdumalik Akramov Andijon oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar kuni doirasida talaba-yoshlar bilan muloqot qildi
Yoshlar va ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 1-bosqichiga start berilmoqda!
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rаsmlаr” va “Eng yaxshi insholar” tanlovi e’lon qilindi.