Tyutorlar uchun malaka oshirish – yoshlar bilan ishlashda yangi imkoniyatlardir!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun malaka oshirish jarayonlari izchil tashkil etilmoqda.
Ushbu dastur tyutorlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, talaba-yoshlar bilan ishlashda zamonaviy va samarali yondashuvlarni joriy etish hamda ta’lim muassasalarida ijtimoiy faollikni kuchaytirishga qaratilgan.

Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari tyutorlari uchun mashg‘ulotlar markazda oflayn tarzda o‘tkazilmoqda. Unda ishtirokchilar tajribali mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ma’ruzalar, amaliy seminarlar va treninglarda qatnashib, o‘z faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan muhim bilim va tajribalarni egallamoqdalar.
Hududlardagi tyutorlar uchun esa mashg‘ulotlar onlayn formatda tashkil etilgan bo‘lib, bu ularga masofadan turib ham malakasini oshirish imkonini yaratmoqda.
Mazkur tashabbuslar tyutorlarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash, yoshlar bilan ishlash sifatini oshirish hamda ta’lim muassasalarida faol va sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
So'nggi yangiliklar
TOP–300 talikka kirgan xorijiy universitetlarda o‘qish istagidagi yoshlar va pedagoglarga ta’lim krediti ajratiladi
Homilador talaba-qizlar va yosh onalar uchun “ikkinchi imkoniyat” — ta’lim uzviyligi ta’minlanadi
Abdumalik Akramov Andijon oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar kuni doirasida talaba-yoshlar bilan muloqot qildi
Yoshlar va ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 1-bosqichiga start berilmoqda!
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rаsmlаr” va “Eng yaxshi insholar” tanlovi e’lon qilindi.