“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi

🏛 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talaba-yoshlarni Vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda harbiy-amaliy sport turlarini ommalashtirish maqsadida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
🅰 Musobaqa jamoaviy tarkibda (4 nafar o‘g‘il bola va 1 nafar qiz bola) 3 bosqichda o‘tkaziladi:
➡️1-bosqich – oliy ta’lim tashkilotining ichki (fakultetlararo) saralash bosqichi (30-martga qadar);
➡️2-bosqich – Hududiy saralash bosqichi (aprel-may);
➡️3-bosqich – Respublika bosqichi (may-iyun).
🏆Ko‘rik-tanlovning hududiy bosqich g‘oliblari faxriy yorliq va moddiy rag‘bat bilan taqdirlanadi. Respublika bosqichi g‘oliblari esa I, II va III darajali diplom hamda quyidagi tartibda qimmatbaho sovgalarga ega bo‘ladi:
🥇1-o‘rin – 5 ta noutbuk;
🥈2-o‘rin – 5 ta planshet;
🥉3-o‘rin – 5 ta televizor.
➡️Ko‘rik-tanlov nizomini o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1MklQxt7nYpMX-SiXkgCvWrH-ojz9IbZp/view?usp=sharing)
🇺🇿 Mazkur tanlovda barcha talaba-yoshlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz! Ishtirok etish istagidagi yoshlar o‘zi tahsil olayotgan oliygoh mas’ullariga murojaat qilishi mumkin.
💚 Barcha faol va sportga qiziqadigan talabalarni “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasida faol ishtirok etishga taklif qilamiz.
So'nggi yangiliklar
TOP–300 talikka kirgan xorijiy universitetlarda o‘qish istagidagi yoshlar va pedagoglarga ta’lim krediti ajratiladi
Homilador talaba-qizlar va yosh onalar uchun “ikkinchi imkoniyat” — ta’lim uzviyligi ta’minlanadi
Abdumalik Akramov Andijon oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar kuni doirasida talaba-yoshlar bilan muloqot qildi
Yoshlar va ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 1-bosqichiga start berilmoqda!
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rаsmlаr” va “Eng yaxshi insholar” tanlovi e’lon qilindi.