Loading...

“Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rаsmlаr” va “Eng yaxshi insholar” tanlovi e’lon qilindi. 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida “Eng yaxshi rаsmlаr” va “Eng yaxshi insholar” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovlarda oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talaba-yoshlari o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi: fakultet, oliy ta’lim muassasasi va mintaqa bosqichi.

Tanlov g‘oliblari Yoshlar ishlari agentligi hisobidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 

Tanlov nizomini o‘qish 

Tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichi joriy yil mart oyining birinchi o‘n kunligida, yakuniy mintaqa bosqichi esa mart oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi

Ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.