Yosh oilalarga uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasining 14% dan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi.

Har yili yurtimizda 270 mingga yaqin yangi oila tashkil topmoqda.
“Yosh oilalar uchun eng avvalo nima kerak? Albatta, qulay va shinam uy-joy zarur. Shuni hisobga olib, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasini 14 foizdan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi”,
– dedi Prezidentimiz.
Axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi qayd etildi.
Bu ishlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun tuzilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali eng iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma beriladi va bir yil davomida oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanadi.
Eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga, milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatining yarmi qoplanadi.
Mutasaddilarga yangi o‘quv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish topshirildi. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi.
Kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga uch yilga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda berish yo‘lga qo‘yiladi.
Yoshlarning volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi
Bugun dunyo aholisining 10 foizdan ortig‘i volontyorlik bilan shug‘ullanmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda volontyorlik faoliyatining huquqiy asosini yaratilgani, Volontyorlar maktabi, oliygohlarda markazlar tashkil qilinganining hisobiga bizda ham bunday yoshlar 5 karra ko‘paydi.
Ekologiya, tibbiy xizmat, ta’lim, favqulodda vaziyatlarda ko‘maklashish yo‘nalishidagi volontyorlarning soni 100 mingdan oshdi.
Mana shunday tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, faol ko‘ngilli yoshlardan iborat Volontyorlik harakatini rivojlantirish bo‘yicha Vasiylik kengashini tashkil qilish taklif etildi.
Yoshlar ishlari agentligida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil qilinadi. Ushbu jamg‘armaga har yili budjetdan 20 milliard so‘mdan mablag‘ beriladi. Bunga qo‘shimcha viloyat hokimlari ham mahalliy budjetdan 3 milliard so‘mdan ajratadi.
Mazkur mablag‘lar hisobidan yoshlarning volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi. Ko‘ngilli yoshlarga “ijtimoiy faollik kartasi” ochilib, ekologiya, ijtimoiy himoya, tibbiyot, ta’lim, jamoat xavfsizligi kabi yo‘nalishlardagi ishtirokiga qarab, ball berib boriladi.
So'nggi yangiliklar
Yosh oilalarga uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasining 14% dan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi.
Yoshlarning volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi
Payshanba – “Yoshlar kuni”!
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti o‘tkazildi
Oliy taʼlim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi g’oliblari aniqlandi.
“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlariga start berilmoqda!