Payshanba – “Yoshlar kuni”!

Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.
Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.
Hokimlar tomonidan yoshlar uchun zamonaviy savdo va servis loyihalari amalga oshiriladi.
Yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va xorijiy tillarni o‘rganishi, ishga joylashishi yoki tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga har tomonlama ko‘mak beriladi.
Shuningdek, startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida mablag‘ va grantlar ajratiladi.
Bundan tashqari, eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat yo‘nalishidagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.
Har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib, ular 1 millionga yetadi. Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi.

Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi. Xususan, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.
Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi. O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi. Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.

So'nggi yangiliklar
Yosh oilalarga uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasining 14% dan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi.
Yoshlarning volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi
Payshanba – “Yoshlar kuni”!
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti o‘tkazildi
Oliy taʼlim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi g’oliblari aniqlandi.
“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlariga start berilmoqda!