Loading...

Oliy taʼlim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi g’oliblari aniqlandi.

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filialida o‘tkazilgan tanlovda NukDTU, QorTI, NukDPI, QorDU va SamDVMCHBU Nukus filiali jamoalari filiali ishtirok etishdi.  Yakuniy natijalarga ko‘ra, Nukus davlat pedagogika institutining “Renessans yoshlari” jamoasi g‘olib bo‘lib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.  

         

Urganch davlat tibbiyot institutida UrDU, Urganch innovatsion universiteti, Al-Xorazmiy universiteti, UrDPI, UrDTI, Urganch Ranch texnologiya universiteti, Maʼmun universiteti tanlovning 2-hududiy bosqichida ishtirok etishdi. Yakunda, Urganch innovatsion universitetining “Tong yulduzi” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘llanmani oldi. 

Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyati musiqali drama teatrida hududiy bosqich bo‘lib o‘tdi. Musobaqada JDPU, JizPI, O‘zMU Jizzax filiali jamoalari ishtirok etdi. Yakunda, 1-o‘rin Jizzax davlat pedagogika universiteti “Ma’rifatparvarlar” jamoasiga nasib etdi. 

Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan hududiy bosqichda SamATI, SamDTU, SamDPI va SamDU Urgut filiali jamoalari ishtirok etdi. Bellashuvda Samarqand davlat universiteti Urgut filialining “Yosh ma’rifatchilar” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

 G‘olib jamoalarga respublika bosqichida omad tilaymiz!