“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlariga start berilmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 9-oktabrdagi qo‘shma qaroriga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” respublika tanlovining 2-hududiy bosqich bellashuvlari 2-martdan 13-mart kuniga qadar bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tanlov yoshlarning milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, ma’naviy meros va adabiy-estetik tafakkurini mustahkamlash, ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishga xizmat qiladi. Hududiy bosqichlarda respublikaning barcha hududlaridan 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etmoqda.

Tanlov jarayonlari Yozuvchilar uyushmasining hududiy bo‘limlari, san’at va madaniyat xodimlari hamda soha mutaxassislaridan iborat malakali hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, hududiy bosqichda barcha jamoalar 19 ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro bellashadilar va har bir guruh g‘oliblari mintaqaviy bosqichda ishtirokini davom ettiradi.
Barcha ishtirokchi jamoalarga omad, ijodiy yutuqlar va yuqori natijalar tilaymiz!
So'nggi yangiliklar
Yosh oilalarga uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasining 14% dan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi.
Yoshlarning volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi
Payshanba – “Yoshlar kuni”!
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti o‘tkazildi
Oliy taʼlim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi g’oliblari aniqlandi.
“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlariga start berilmoqda!