Oʻzbekiston–Turkiya hamkorligida oila institutini mustahkamlashga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

Turkiya Respublikasi Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda Turkiya Ayollar va demokratiya jamgʻarmasi (KADEM) hamkorligida "1-Xalqaro Oilani mustahkamlash konferensiyasi" tashkil etildi.
Mazkur xalqaro anjumanda Turkiya Ayollar va demokratiya jamgʻarmasi (KADEM) boshqaruv kengashi raisi Sumeye Erdogʻan Bayraktar, Turkiya Respublikasi Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur Ozdemir Goktash, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda sohaning boshqa masʼul vakillari ishtirok etdilar.

Konferensiya doirasida oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish, mazkur yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Chiqishlarda oila barqarorligini taʼminlashda taʼlim va ilmiy asoslangan yondashuvlarning ahamiyati alohida qayd etildi.

Tadbir doirasida Ikkinchi "Yil ayoli" dasturi boʻyicha Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi boʻlim boshligʻi Muhabbat Mirsoliyeva "Yil ayoli" mukofoti bilan taqdirlandilar.
So'nggi yangiliklar
Yosh oilalarga uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasining 14% dan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi.
Yoshlarning volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi
Payshanba – “Yoshlar kuni”!
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti o‘tkazildi
Oliy taʼlim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi g’oliblari aniqlandi.
“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlariga start berilmoqda!