Loading...

Vazirlik va idoralarda eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga pul mukofoti beriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, endi barcha vazirlik va idoralarda eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga pul mukofoti beriladi va kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi joriy etiladi.

2026-yil 1-martga qadar tegishli soha bo‘yicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi;
har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlarni mahalliy nashriyotlar orqali o‘zbek tiliga tarjima qilib, malakali mutaxassislar ishtirokida ularni izohlar, lug‘at va misollar bilan boyitish amaliyoti joriy etiladi;
2026-yil 1-aprelga qadar o‘zida va tizimidagi tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etiladi va xodimlar uchun har oyda “Kitob o‘qish soati” yo‘lga qo‘yiladi;
kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi joriy etiladi;
tanlov asosida eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.

Shuningdek, eng ko‘p kitob o‘qigan top-100 talikka kiradigan o‘quvchi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.