Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan harbiy parad va bayram tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov hamda vazir o‘rinbosari O‘ktam Salomov ham ishtirok etib, barcha harbiylar va tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari hamda Toshkent shahridagi OTMlarning “Qalqon” guruhi a’zolari ishtirokidagi harbiy parad Beruniy metrosidan boshlanib, universitet ko‘chasi orqali O‘zbekiston Milliy universitetigacha davom etib, harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi ulanib ketdi. Bayram tadbirida kursantlar ishtirokida qo‘l jangi va qurol bilan jangovar chiqishlar ham namoyish etildi.

Ushbu bayram tadbiri Vatan himoyachilarining jasorati va fidoyiligini ulug‘lash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va harbiy burchga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
So'nggi yangiliklar
Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok eting!
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 4-mavsumi g‘oliblari bilan tanishing:
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2025-yildagi 4-mavsumi final bosqichi o‘tkazildi!
“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda
“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovi yakunlandi