Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Siz yangi qonunni bilasizmi?” onlayn viktorinasini e’lon qiladi!
Ushbu viktorina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim
dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son qarorida belgilangan “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, ularning oliy ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini va huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida tashkil qilinadi.
Viktorinada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar (bakalavr va magistrlar) ishtirok etishi mumkin.
Viktorina doirasida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tegishli 50 ta test savollari beriladi.
Test savollari 29-noyabr kuni 20:00 da @manaviyateduuz kanalida e’lon qilinadi.
Test savollarini 30-noyabr kuni soat 12:00 ga qadar ishlash mumkin.
Yakunda eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan 10 nafar ishtirokchi tanlov g‘olibi deb topiladi va onlayn sertifikat bilan taqdirlanadi.
G‘oliblikka davogar ishtirokchilarning ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, kim testni avvalroq ishlagan bo‘lsa, usha ishtirokchi yuqori o‘rinni egallaydi.
Onlayn viktorinada barcha talaba-qizlarni faol bo‘lishga chorlaymiz!
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!