“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2025-yildagi 4-mavsumi final bosqichi o‘tkazildi!
Final bosqichida har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va finalga o‘tgan har bir ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida final testlarini ishladi. Markazlashgan holda tashkil etilgan final bellashuvida 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 134 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Finalni Markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Fozilbek Farhodov ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Finalda ishtirokchilarga Odil Yoqubovning “Ko‘hna dunyo”, Gabriel Garsia Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” hamda Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” kitoblari bo‘yicha tuzilgan 50 tadan test savollari berildi. Har bir test uchun 40 soniyadan vaqt ajratildi.
Yakunda testlar bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar tanlov g‘olibi deb topildi. Natijalar teng bo‘lib qolgan holatda g‘olib aniqlangunga qadar qo‘shimcha savollar berildi.

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 4-mavsumida 114 mingdan ortiq talaba-yoshlar qamrab olindi.
So'nggi yangiliklar
Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok eting!
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 4-mavsumi g‘oliblari bilan tanishing:
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2025-yildagi 4-mavsumi final bosqichi o‘tkazildi!
“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda
“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovi yakunlandi