Loading...

“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tashkil etilayotgan mazkur nufuzli respublika tanlovining final bosqichi katta qiziqish va yuqori ruhda davom etmoqda. Ushbu bosqichda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan, har bir nominatsiya bo‘yicha saralash jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan eng faol, tashabbuskor va iqtidorli talabalar ishtirok etmoqda.

      

Final bosqichini ochib berish uchun Markaz direktori Abdumalik Akramov so‘zga chiqib, bugungi kunda talaba-yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga ruhlantirish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirish muhim ekanligini ta’kidlab, tanlov ishtirokchilariga omad tiladi.

      

Tanlovda nomzodlar o‘z taqdimotlari orqali ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatdagi yutuqlari, amalga oshirgan loyihalari hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini namoyon etmoqda.  Tanlov jarayonida hakamlar hay’ati tomonidan nomzodlarga savol-javoblar o‘tkazilib, ularning mustaqil fikrlashi, muammolarga yondashuvi, liderlik qobiliyati hamda tashabbuskorligi baholanmoqda.