Loading...

Qoraqalpoq davlat universitetida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

5-dekabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan zamonaviy va qulay 400 o‘rinli talabalar turar joyi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ushbu inshootning ishga tushirilishi oliy ta’lim muassasasida yaratilayotgan ijtimoiy-infratuzilmaviy sharoitlarning navbatdagi muhim bosqichi bo‘lib, yoshlar uchun yanada xavfsiz, qulay va zamonaviy yashash muhiti ta’minlanishiga xizmat qiladi.