Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish hamda o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Maʼrifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovda sanʼat oliygohlaridan tashqari Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari 12 nafargacha bo‘lgan talabalardan tashkil topgan jamoalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda jamoalar o‘zaro 3 ta shart bo‘yicha bellashadilar:
1-shart: “Adib hayoti” ko‘rgazmali taqdimot chiqish;
2-shart: Tezkor savol-javob;
3-shart “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.
Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:
Mintaqaviy bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoa aʼzolari oʻzi tahsil oladigan taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan planshet, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichi g‘oliblari esa Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
1-o‘rin 40 million so‘m;
2-o‘rin 25 million so‘m;
3-o‘rin 20 million so‘m;
4-o‘rin 10 million so‘m;
5-o‘rin 5 million so‘m.
Tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar o‘zi tahsil olayotgan oliygohning yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.
Tanlovning ilk fakultet bosqichi har bir oliy taʼlim muassasasida joriy yilning 5-dekabrdan 15-dekabrga qadar tashkil etiladi.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!