O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” g‘oyasi asosida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.

“Konstitutsiya ko‘chasi”da konstitutsiyaviy burchaklar, ko‘rgazmali materiallar, targ‘ibot bannerlari va bayram tadbirlari namoyish etildi. Tadbirlarda oliy ta’lim muassasalari va turli tashkilotlar hamda loyihalar vakillari oʻz taqdimotlari bilan ishtirok etib, fuqarolarga Konstitutsiya haqida ma’lumotlar berish orqali ularning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishga oʻz hissalarini qoʻshishdi. Shu bilan birga, harbiylar orkestri ishtirokidagi parad barchaga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

So'nggi yangiliklar
Qoraqalpoq davlat universitetida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.
“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!
“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining hududiy bosqichlariga start berildi
Gender tenglik bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi tomonidan audit o‘tkazildi.
Tyutorlar malakasi oshirilmoqda