Loading...

“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!

Ushbu bosqichda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va 55 mingdan ortiq ishtirokchilar ichidan saralash bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 150 nafar ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida 2-bosqich testlarini ishladi. Har bir hududdagi jarayonlar Respublika tashkiliy guruhi tomonidan Zoom platformasi orqali nazorat qilib borildi.

      

Ishtirokchilarga korrupsiya va konstitutsiya bo‘yicha 50 ta test savollari berildi. Yakunda har bir hudud bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. 

      

Respublika bosqichi ishtirokchilari ro‘yxati:
Andijon: Gulshanoy Xabibullayeva – ADCHTI talabasi
Buxoro: Hurmatxon Maxmudova – BuxDU talabasi;
Farg‘ona: Muhammadrajab Habibullayev – FarDU talabasi;
Jizzax: Javohir Hamidov – O‘zMU JF talabasi;
Namangan: Jo‘rabek Abduqodirov – NamDU talabasi;
Navoiy: Nilufar Hasanova – NavDU talabasi;
Qashqadaryo: Diyorbek Ergashov – QarDU talabasi;
Qoraqalpog‘iston: Guljamol Joldasbaeva – QDU talabasi;
Samarqand: Isomiddin Boymanov – SamDTU talabasi;
Sirdaryo: Shoxruzbek Rahmonov – GulDU talabasi;
Surxondaryo: Mohiniso Xudoyberdiyeva – DTPI talabasi;
Xorazm: Bibijon Saibbayeva – UrDU talabasi;
Toshkent vil: Mizrob Raxmatov – JXU talabasi;
Toshkent: Normurod Xurramov – TDYU talabasi;
Toshkent: Rayxona Abrikulova – HMQA talabasi.