Loading...

“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining hududiy bosqichlariga start berildi

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Madaniyat vazirligi  hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Talabalar teatr studiyalari” (https://t.me/yoshlareduuz/18491) ko‘rik-festivalining 2026-yilgi ikkinchi hududiy bosqichlari o‘tkazilmoqda. 

    

Hozirga qadar tanlovning Xorazm va Buxoro viloyatlari bo‘yicha hududiy saralashi o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida Ma’mun universiteti, Buxoro viloyati hududiy bosqichida Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoalari g‘olib topilib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Xorazm viloyati bo‘yicha yakuniy natijalar:
1-o‘rin – Ma’mun universiteti jamoasi
2-o‘rin – Urganch davlat tibbiyot instituti 
3-o‘rin – UrDU hamda UrDPI jamoalari
Buxoro viloyati bo‘yicha yakuniy natijalar
1-o‘rin – Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi; 
2-o‘rin – Buxoro davlat universiteti jamoasi;
3-o‘rin – Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi. 

Ayni paytda tanlovning Navoiy viloyatidagi hududiy saralash bosqichi Navoiy davlat universiteti mezbonligida o‘tkazilmoqda.

Mazkur ko‘rik-festivalning hududiy bosqichida jami 80 ta oliy ta’lim tashkilotlarining talabalar teatr jamoalari o‘zaro 19 ta guruhga bo‘lingan holda bellashadilar va g‘oliblar mintaqaviy bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududiy bosqich bellashuvlari 2025-yil 22-dekabrga qadar tashkil etilsa, Toshkent shahridagi oliygohlar o‘rtasida 2026-yilning 15-21-yanvar sanalarida o‘tkaziladi.