Gender tenglik bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi tomonidan audit o‘tkazildi.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalariga bag‘ishlangan Respublika komissiyasining 14-sonli bayonnomasi hamda Vazirlikning 2025-yil 28-oktabrdagi 01/15-4562-sonli xatiga muvofiq, joriy yilning 3–4 dekabr kunlari Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida Respublika Ishchi guruhi tomonidan genderga oid audit o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, zaruriy mehnat sharoitlarini yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi faoliyat holati o‘rganildi.

Mazkur audit jarayoni gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar faolligini yanada oshirish hamda tashkilotlarda qulay va inklyuziv mehnat muhitini yaratishga xizmat qiladi.
So'nggi yangiliklar
Qoraqalpoq davlat universitetida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.
“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!
“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining hududiy bosqichlariga start berildi
Gender tenglik bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi tomonidan audit o‘tkazildi.
Tyutorlar malakasi oshirilmoqda