Loading...

 Tyutorlar malakasi oshirilmoqda

 Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun Talaba va o‘quvchilar ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan muntazam tarzda zamonaviy malaka oshirish dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.

       

 Dastur asosida Toshkent shahridagi tyutorlar oflayn tarzda, viloyatlardagi tyutorlar esa masofaviy o‘qitilmoqda. Treninglar davomida ishtirokchilar tajribali mutaxassislar boshchiligida ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, o‘z faoliyatida qo‘l keladigan ko‘nikmalarni mustahkamlashmoqda.

        

 Markaz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ushbu tizimli o‘quv jarayonlari tyutorlarning kasbiy rivojiga, yoshlar bilan ishlash sifati va samaradorligining oshishiga, shuningdek, ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.