Loading...

Respublika ishchi guruhi vakillari Buxorodagi OTMlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyatini tahlil qilmoqda

   

Oliy taʼlim tashkilotlarida yoshlarga oid davlat siyosati, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy hamda sport-sog‘lomlashtirish ishlarining samaradorligini o‘rganish maqsadida Respublika ishchi guruhi tashkil etilgan. Mazkur ishchi guruh vakillari bo‘lgan Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi xodimlari ayni kunlarda Buxoro davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, ularda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyatini tahlil qilmoqda.

    

Tashrif davomida Ishchi guruh a’zolari oliy taʼlim tashkiloti faoliyati, ta’lim jarayonlari va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, talabalar tomonidan yaratilgan ilmiy qo‘llanmalar, ijodiy ishlar va innovatsion loyihalar ham o‘rganildi hamda talabalarning tadbirkorlik, ma’naviyat, ta’lim va yoshlar tashabbuslarini yanada rivojlantirish borasidagi fikrlari tinglanib, kelgusida bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish uchun tavsiyalar berildi.

     

Shu bilan birgalikda, “Kelajak soatlari” rukni ostida o‘tkazilayotgan dars mashg‘ulotlarining sifati va tashkil etish jarayoni tahlili qilindi.