BOLALAR UCHUN YOZAMIZ: ERTAK-ROMANLAR

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi yozuvchi va shoirlar oʻrtasida ertak-romanlar yoʻnalishida ijodiy tanlov eʼlon qiladi.
Ertak-romanlar uchun asar gʻoyasi, syujeti, umumiy voqealar, qahramonlar arxetipi hamda xarakteri, maqsadli auditoriyasi va uslubi aniq koʻrsatilgan sinopsis hamda asardan kamida 20 sahifadan iborat boʻlgan parcha topshiriladi.
Ertak-romanlar bolalarni birdamlikka, jamoaviylikka, yovuzlikka qarshi birlashib kurashishga oʻrgatadigan, qizlarning jamiyatdagi oʻrnini kengaytirishga hissa qoʻshadigan, bolalar qalbida vatanparvarlikning ilk kurtaklarini shakllantiradigan boʻlishi kerak.
Ekspertlar kengashi tomonidan eng yaxshi deb topilgan 5 tadan 10 tagacha boʻlgan sinopsislar asosida ertak-romanlar bo‘yicha mualliflarga buyurtma beriladi.
Tayyor boʻlgan asarlar uchun mualliflarga gonorar toʻlanadi, ertak-romanlar esa Markaz tomonidan chop etiladi.
Ertak-romanlar asosida to‘liq va qisqa metrajli ertak-filmlar yaratilganida, mualliflarga qoʻshimcha gonorar toʻlanadi.
Tanlovga hujjatlar 2025-yil 28-oktyabrdan 2025-yil 28-noyabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumotni shu yerdan (https://telegra.ph/Ertak-romanlar-uchun-tanlov-talablari-10-28) olishingiz mumkin.
Elektron pochta: press@bolalarkontenti.uz, childrenscontentuz@gmail.com
Telefon: +998555111505 (ichki 1005).
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 2-“A” uy.
So'nggi yangiliklar
Respublika ishchi guruhi vakillari Buxorodagi OTMlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyatini tahlil qilmoqda
Hurmatli ilm-fan ixlosmandlari va yosh olimlar!
BOLALAR UCHUN YOZAMIZ: ERTAK-ROMANLAR
“Mening O‘zbekistonim” videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan “Mushoira” klubi koordinatorlari orasidan hududiy bosh koordinatorlar tayinlandi:
“Mening O‘zbekistonim” videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!