Loading...

 “Mening O‘zbekistonim” videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

Ushbu tanlov 150 ga yaqin oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilib, 2500 nafar yoshlarni qamrab oldi hamda munosib deb topilgan 80 ga yaqin ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan videoroliklar Respublika tashkiliy ishchi guruhga taqdim etildi.

             

 Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tanlovning final bosqichiga tavsiya etilgan videoroliklar soha mutaxassislari bo‘lgan hamkor tashkilot vakillaridan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

             

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar:
1-o‘rin: O‘zXIA Ijodiy jamoasi;
1-o‘rin: Progress jamoasi – NavDKTU talabalari;
2-o‘rin: Munojat Po‘latova – UrDU talabasi;
2-o‘rin: Lawers jamoasi – “Cyber University” talabalari;
3-o‘rin: Stomatologiya jamoasi – BuxDTI talabalari;
3-o‘rin: Iqbola Jahongirova – O‘zMU talabasi;
4-o‘rin: Feruza Baltabayeva – NamDU talabasi;
4-o‘rin: Diana Kabilova – UrDTI talabasi; 
5-o‘rin: Shaxriyor Ramazanov – SamDTU talabasi;
5-o‘rin: Firdavs Dilmurodov – TDIU talabasi.

 Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda 1-o‘rin 15 million so‘m, 2-o‘rin 12 million so‘m, 3-o‘rin 10 million so‘m, 4-o‘rin 8 million so‘m va 5-o‘rin 5 million so‘m miqdorida pul yutuqlari bilan taqdirlanadi. Pul mukofotlari o‘rin olgan ishtirokchilar o‘rtasida teng taqsimlanadi.

          

Tanlovda g‘olib deb topilgan ishtirokchilarning ijodiy ishlari ertaga @yoshlareduuz Telegram kanaliga joylanadi.