#talabaga_qulaylik
@smarteduuzbot platformasi ishga tushirildi!
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talaba-yoshlar, ularning ota-onalari hamda oliygoh rahbariyati vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, fuqarolarning murojaat va muammolarini tez va ijobiy hal qilish maqsadida @smarteduuzbot platformasi ishga tushirildi.
Ushbu Telegram bot orqali siz Respublikamizdagi oliygohlarning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari (filial direktor o‘rinbosarlari), fakultet dekan o‘rinbosarlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ullarning aloqa uchun telefon raqamlari va fuqarolarni qabul qilish kunlari haqidagi ma’lumotlarni oson topishingiz mumkin.
➡️ Botga kirish: @smarteduuzbot
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!