“Munozara” turnirining respublika bosqichiga start berildi.
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Munozara” respublika turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova, Xorazm viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarma boshlig‘i Ziyovuddin Sa’dullayev hamda hamkor tashkilot mas’ullari so‘zga chiqib, ishtirokchi jamoalarga omad tiladilar.
Shundan so‘ng Hakamlar hay’ati raisi Sunnatillo Bozorboyev turnirning final bosqichi reglamenti va o‘tkazilish tartibi bilan jamoalarni yana bir bor tanishtirib o‘tdi va ishtirokchi jamoa sardorlari bilan birgalikda qur’a tashlash amalga oshirildi.
Ayni damda turnirning guruh bosqichi uchun o‘tish o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘tish o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar guruh bosqichida ishtirokini davom ettiradi. Turnirda ishtirok etayotgan barcha jamoalarga omad tilaymiz.













So'nggi yangiliklar
Vazirlik va idoralarda eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga pul mukofoti beriladi
Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok eting!
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 4-mavsumi g‘oliblari bilan tanishing:
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2025-yildagi 4-mavsumi final bosqichi o‘tkazildi!
“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda