Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Oliy ta’lim muassassalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish kurslarining Yakuniy suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bunda kurs tinglovchilari tomonidan oliy ta’lim mussassalarida talaba-yoshlar bilan ishlashning samarali yo‘llari, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy, ijodiy sohadagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha taqdimotlar amalga oshirildi. Taqdimotlarda tyutorlar o‘zlarining ilg‘or ish tajribalari va mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.
Kurs yakunidagi taqdimotlar soha mutaxassislari hamda tajribali amaliyotchilardan tashkil topgan Yakuniy nazorat komissiyasi a’zolari, jumladan Markaz direktori, professor A.Akramov, bo‘lim boshlig‘i, professor M.Mirsoliyeva, professor R.Xudayberganov, B.Sodiqjanovlar tomonidan baholab borildi.




So'nggi yangiliklar
Qoraqalpoq davlat universitetida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.
“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!
“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining hududiy bosqichlariga start berildi
Gender tenglik bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi tomonidan audit o‘tkazildi.
Tyutorlar malakasi oshirilmoqda