Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
Kecha Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning oliy ta’lim bosqichida 4 ta yo‘nalish: adabiyot, tasviriy san’at, amaliy san’at va foto hikoya yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib deb topilib, final bosqichiga tavsiya etilgan ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov Nizomi asosida baholandi.
Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar tanlov g‘oliblari deb topildi:
“Adabiyot” yo‘nalishi bo‘yicha Buxoro davlat universiteti talabasi Nuriddinova Gulsanam Bahriddin qizi;
“Tasviriy san’at” yo‘nalishi bo‘yicha TIFT universiteti talabasi Sattorova Mohlaroyim Ulug‘bekovna;
“Amaliy san’at” yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Nabixanov Bexruz Xayrullayevich;
“Foto” yo‘nalishi bo‘yicha Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi Muhammadjonova Sa’diya Akmaljon qizi.
Tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka va 6 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, tanlovning oliy ta’lim bosqichida g‘olib bo‘lib, final bosqichida ishtirok etgan ishtirokchilar o‘zi tahsil olayotgan oliy taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan diplom va BHMning 2 barobari miqdorida pul bilan rag‘batlantiriladi.
So'nggi yangiliklar
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
Korrupsiya – bu muvaffaqiyat emas. U adolatni buzadi, jamiyat ishonchini yemiradi.
Dekan o‘rinbosarlari markaz faoliyati bilan tanishdi!
Adiblar xiyobonida ma’naviyat va ma’rifat nafas olayapti...