Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    Dekan o‘rinbosarlari markaz faoliyati bilan tanishdi!

    Vazirlik huzuridagi Oliy ta’lim tizimi tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilgan bo‘lib, kurs o‘quv dasturidan Vazirlik tizim tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishish ham o‘rin olgan.

      

    Shu maqsadda bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markaziga malaka oshirayotgan dekan o‘rinbosarlari tashrif buyurib, markaz direktorining birinchi o‘rinbosari Fozilbek Farhodov hamrohligida markaz bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi. Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.