Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi vakillari Xalqaro Nordik universitetida bo‘ldilar. 

Tashrif davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Nodir Kasimov universitetda tashkil etilgan fotoko‘rgazma bilan tanishdi. 

Universitet vakillari bilan olib borilgan muzokaralarda hamkorlikda yo‘lga qo‘yiladigan istiqboldagi loyihalar, shuningdek, fotoko‘rgazma faoliyatini yanada kengaytirish va unga boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalarini ham jalb etish kabi masalalar keng muhokama qilindi.