Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJ hamkorligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” markazlarining hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Mazkur markazlar bugungacha jami 33 ta oliy ta’lim muassasasida ochildi.
Markazlar Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududlaridagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ish boshladi (infografika):
Toshkent shahrida – 12 ta
Hududiy oliy ta’lim muassasalarida – 21 ta
Mazkur markazlar yoshlarning kasbiy rivojlanishi, zamonaviy mehnat bozori talablariga mos malakali kadr bo‘lib shakllanishi hamda amaliy tajriba orttirish, stajirovka va ish bilan ta’minlanish jarayonlariga ko‘maklashish kabi muhim vazifalarni bajaradi.
Ushbu tashabbus Prezident qaroriga asosan amalga oshirilib, oliy ta’lim tizimi bitiruvchilarining bandligi va raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida keng imkoniyatlar yaratadi.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!