Qizlar uchun Data Science va sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurs tashkil etiladi
Raqamli texnologiyalar vazirligi, UNESCO va Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi hamkorligida Data Science va Sun’iy intellekt bo‘yicha qizlar uchun maxsus bepul o‘quv dasturi tashkil etilmoqda.
Iyun oyidan boshlanib, 3 oy davom etadigan mashg'ulotlarda katta tajribaga ega xalqaro va mahalliy ekspertlar o‘z bilim va ko'nikmalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Shuningdek, dastur davomida tinglovchilarga ko'nikmalarni rivojlantrishga qaratilgan psixologik mashg‘ulotlar, NoCode, Freelance va E-commerce kabi mashhur sohalarda amaliyot hamda ish topishda zaruriy ko'nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha mashg'ulotlar beriladi.
⠀
Dasturda ishtirok etish uchun IT sohasida boshlang‘ich bilim va ingliz tilini B2 darajada bilish kifoya.
25-aprelga qadar so'rovnomada ishtirok etib, ro'yxatdan o'ting va loyiha uchun saralab olinadigan 70 ta o'rindan birini egallang!
Dasturchilikka qiziquvchi qizlar, muvaffaqiyatli IT karyerangiz uchun yaratilayotgan ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
So'nggi yangiliklar
Adiblar xiyobonida ma’naviyat va ma’rifat nafas olayapti...
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 5-mavsumi final bosqichi bo‘lib o‘tdi!
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan talaba hikoyasi
Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
33 ta oliy ta’lim muassasasida “Kelajakka qadam” markazlari tashkil etildi