Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

“Yuridik klinika” faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha memorandum imzolandi!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Yuridik klinika” (“Huquqiy yordam markazi”) faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida memorandum imzolandi!

Memorandum imzolash tadbirida markaz direktori Abdumalik Akramov boshchiligidagi markaz jamoasi a’zolari hamda universitet rektori v.b. Islombek Rustambekov va TDYU “Yuridik klinika” rahbari Otabek Narziyev, shuningdek, klinikaning volontyor talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirda tomonlar talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularga bepul huquqiy yordam berish, huquqiy muammolariga yechim topish, shuningdek, yosh yuristlarga bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkinoyatini yaratish va ushbu ishlarni butun respublika bo‘ylab amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Tadbir yakunida A.Akramov va I.Rustambekov memorandumni imzolab, mazkur hamkorlikdan mamnun ekanliklarini ta’kidladilar.