Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan harbiy parad va bayram dasturi tashkil etildi!
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Harbiy parad Qurolli kuchlar akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari hamda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarining “Qalqon” guruhi a’zolari ishtirokida saf yurish mashqlari bilan boshlandi.
Harbiy parad avvalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tadbir ishtirokchilarini Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, yurtimiz tayanchi bo‘lgan mard o‘g‘lonlarimizga jasorat va shijoat yor bo‘lishini tiladi. Shundan so‘ng harbiy parad O‘zbekiston Milliy universitetida bayram tadbiri bilan davom etdi.
Tadbirni Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov ochib berib, Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan barcha yurtdoshlarimizni tabrikladi.
Bayram dasturlari oliy ta’lim muassasalari harbiy kursantlarining qo‘l jangi va jangovar chiqishlar bilan yanada qizg‘in o‘tdi. Qolaversa, elimiz ardog‘idagi san’atkorlar hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi iqtidorli talabalarining chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!