Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Dastlab nizomga muvofiq, tanlovning final bosqichi shartlari:  test savollari va insho yozish bo‘yicha ishtirokchilarning to‘plagan ballari umumlashtirib, e’lon qilindi. Shundan so‘ng tanlov g‘oliblari aniqlanib, final bosqichi ishtirokchilari va g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplom hamda sertifikatlari bilan taqdirlandi. 

Shu bilan bir qatorda ishtirokchilarni shaffof va adolatli baholashga o‘z hissasini qo‘shgan Hakamlar hay’ati a’zolari hamda tanlov tashkilotchilariga Markaz rahbari Abdumalik Akramov tomonidan vazirlik tashakkurnomalari topshirildi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:

Jamshid Normuratov – JDPU talabasi (Jizzax);
Toshmurod Abdurahmonov – IIVA talabasi (Toshkent shahar);
Dilafruz Nabijonova – NamDU talabasi (Namangan).

Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 6, 5 va 4 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.