Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    “Oliy ta’lim muassasalarining yoshlarda “halollik vaksinasi”ni singdirishdagi ahamiyati” mavzusida konferensiya o‘tkazildi

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining yoshlarda “halollik vaksinasi”ni singdirishdagi ahamiyati” mavzusidagi respublika konferensiyasi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari, sohaga oid mas’ul tashkilotlar xodimlari hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

    Anjumanda so‘zga chiqqanlar oliy  ta’limda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, talaba-yoshlar orasida xulq-atvor va immunitetni shakllantirish, yoshlar ongiga “halollik vaksinasi”ni singdirish kabi masalalarida o‘z fikrlarini bildirdi. 

    Ta’kidlash joizki, anjuman davomida taqdim etilgan ma’ruzalar yoshlar ta’lim-tarbiyasida “halollik vaksinasi”ning bugungi ahamiyatini ko‘rsatish, oliy ta’lim sohasida korrupsiyani bartaraf etish va uning ildizlarini yo‘qotish, shuningdek, boshqaruv xodimlari o‘rtasida axloqiy qadriyatlar va shaffoflikni ta’minlash kabi masalalarni o‘z ichiga olgani bilan ahamiyatlidir.