Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

                    Korrupsiya haqida xabar berishga tayyormisiz?

    Jamoatchilik korrupsiya haqida xabar berishga qay darajada tayyor ekanini baholashga qaratilgan tadqiqot o‘tkazildi.

    Tadqiqot natijalariga ko‘ra, jamoatchilik ko‘pincha korrupsiyani poraxo‘rlik va qarindosh-urug‘chilik, deb tushunadi.  

    50 foizdan ortiq respondentga ko‘ra, korrupsiya – bu mansabni suiiste’mol qilish va qarindosh-urug‘chilik, 40 foizdan kamrog‘i uchun esa qimmatbaho sovg‘alar berishdir.  

    Aksariyat kishilar sovg‘a berishni korrupsiya emas, balki minnatdorchilik deb biladi.  

    Pora olish (88,4 foiz) va pora berish (68,4 foiz) ko‘pchilik tomonidan qoralanadi, ammo yaxshi xizmat uchun kichik sovg‘alar odatiydek qabul qilinadi.  

    Respondentlarning 74 foizi korrupsiya holatlari haqida xabar berishga, jumladan, 82,2 foizi elektron platforma yoki mobil ilova orqali xabar berishga tayyor.  

    12 foiz respondent korrupsiya haqida xabar berishni salbiy holat, deb hisoblaydi.  

    Xabar bermaslikning asosiy sabablari sifatida korrupsiyadan o‘zlari manfaatdorligi (19,8 foiz) va kimga murojaat qilishni bilmaslik (20,4 foiz) qayd etilgan.  

    So‘ralganlarning yarmi xabar berish oqibatlaridan qo‘rqadi, 13,8 foizi esa minnatdorchilik belgisi sifatida o‘zi xohlab pul berishini ta’kidlagan.    

    Respondentlarga ko‘ra, «Suyunchi», «to‘yona», «rahmat» kabilar ham faqatgina minnatdorlik, hurmat va qo‘llab-quvvatlash uchun ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi.  

    64 foiz respondent korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralarga ishonadi.  

    Mazkur tadqiqot Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi, BMT Seul siyosat markazi va Yevropa Ittifoqi hamkorligida o‘tkazildi.  

                                                                                                                                                                                           N.Abduraimova, O‘zA