Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Volontyorlar klubi” tashkil etildi.
Ko‘ngilli-talabalar bilan tashkil etilgan uchrashuvda 100 dan ortiq talabalar ishtirok etdi. Ularga Markaz bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov markaz faoliyati va barcha bo‘limlari haqida ma’lumot berib, birgalikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan loyihalar haqida taqdimot qildi. Talabalarning bu boradagi takliflarini tinglab, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Shundan so‘ng tashrif buyurgan talabalar klubga a’zolik anketasini to‘ldirishdi.
Uchrashuvdan so‘ng iqtidorli va faol talaba-yoshlar jamoasidan iborat volontyorlar guruhi qiziqishlaridan kelib chiqqan holda bo‘limlarga taqsimlanib, ularning faoliyati bilan tanishdi. Ularga kelgusida o‘z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda bo‘limlarda faoliyat yuritish hamda o‘z g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirish uchun yetarlicha imkoniyat yaratib berilishi ta’kidlandi.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!