“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!
Ushbu bosqichda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va saralash bosqichida eng yuqori natijaga erishgan 140 nafar ishtirokchi mazkur oliygohlarga tashrif buyurib, kuzatuvchi nazorati ostida 2-bosqich testlarini ishladi. Har bir hududdagi jarayonlar Respublika tashkiliy guruhi tomonidan Zoom platformasi orqali nazorat qilib borildi.
Ishtirokchilarga korrupsiya va konstitutsiya bo‘yicha 50 ta test savollari berildi. Yakunda har bir hudud bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Respublika bosqichi ishtirokchilari ro‘yxati:
➡️Andijon: Abbos Norqarayev – ADPI talabasi
➡️Buxoro: Kumushoy Qudratova – BuxDU talabasi;
➡️Farg‘ona: Muhammadrajab Habibullayev – FarDU talabasi;
➡️Jizzax: Jamshid Normuratov – JDPU talabasi;
➡️Namangan: Dilafruz Nabijonova – NamDU talabasi;
➡️Navoiy: Hamidjon Raximov – NDKTU talabasi;
➡️Qashqadaryo: Shohjahon Mirakov – OXU talabasi;
➡️Qoraqalpog‘iston: Gulhayo Ergasheva – QDU talabasi;
➡️Samarqand: Salohiddin Xoliqov – SamDCHTI talabasi;
➡️Sirdaryo: Rayxona Xayrullayeva – GulDPI talabasi;
➡️Surxondaryo: Maxliyo Yusupova – TerDU talabasi;
➡️Xorazm: Yusufboy Egamov – UrDPI talabasi;
➡️Toshkent vil: Shohsanam Ravshanova – CHDPU talabasi;
➡️Toshkent: Toshmurod Abdurahmonov – IIVA talabasi;
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!