Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

            Malaka oshirish kursining navbatdagi tinglovchilari kursni muvaffaqiyatli yakunlashdi

    Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan joriy yilning 18-23-noyabr kunlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalari tyutorlari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur kursda jami 36 nafar tyutorlar ishtirok etib, yakuniy imtihonlardan 32 nafari muvaffaqiyatli o‘tdi. 

    Bugun bo‘lib o‘tgan kursning yakuniy qismida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov kurs bitiruvchilariga malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni topshirib, ularning kelgusi faoliyatlariga omad va zafarlar tiladi. 

    Tadbir davomida malaka oshirish jarayonida erishilgan natijalar, olingan yangi bilim va tavsiyalar haqida tyutorlar tomonidan ijobiy fikr-mulohazalar bildirildi. Rahbariyat tomonidan ushbu bilimlar talabalar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishi kerakligi takidlandi.