Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

Qoraqalpoq tili kuni munosabati bilan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bilan hamkorlikda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.  Unda yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar, keng jamoatchilik va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 Tadbir Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan Berdaq haykali poyida gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Shundan so‘ng, Yozuvchilar uyushmasi tadbirlar zalida ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berib, yig‘ilganlarni “Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligining 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ona tilimizni yanada rivojlantirish, milliy urf- odatlar va qadriyatlarimiz nufuzini yanada oshirish va ularni keng targ‘ib qilish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin egallashi haqida ta’kidladilar.