Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

    “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi e’lon qilindi

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovini e’lon qiladi.

    Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: oliy ta’lim muassasasi va respublika bosqichi.
    Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🥇1-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin – 5 000 000 so‘m;
🥉3-o‘rin – 4 000 000 so‘m.

    Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar 30-noyabrga qadar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

    Tanlov nizomini o‘qish