“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz”
“Ma’naviyat marafoni” Hazrat Mir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yish bilan boshlandi. Shundan so‘ng, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy kuy sadolarimiz ostida Toshkent muzeyi oldida ochilish marosimi boshlandi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘ba rahbari Abduhalil Mavrulov, Toshkent shahar hokimi maslahatchisi Rustam Kalonov, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Xodjimatovlar so‘zga chiqib, ma'naviyat, milliy qadriyatlar, odob-axloq, milliy o‘zligimiz va ularning Yangi O‘zbekistonni qurishdagi ahamiyati haqida fikrlarini bildirib o‘tishdi.
Ushbu marafonni tashkil etishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi xodimlari faollik ko‘rsatishmoqda.
Ochilish marosimi milliy raqs, kuy-qo‘shiq navolariga ulanib ketdi. 24 ta oliy ta’lim muassasalari tomonidan ham tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, soat 14:00 dan e’tiboran marafon tadbirlari O‘zbekiston Milliy universiteti hududida davom etadi. Ma’naviyat marafoni davomida Zakovat intellektual bellashuvi, mushoira aytishuvlari, san’at namunalari ko‘rgazmasi, QvZ jamoalari chiqishlari, katta gulxan atrofidagi tadbirlar hamda tantanali yopilish marosimi va yakuniy taqdirlash marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Barcha talaba-yoshlarni O‘zbekiston Milliy universitetiga Ma’naviyat marafoni tadbirlariga taklif qilamiz.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!