Loading...
Sayt test rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hali yakunlanmagan!

            Oliy ta’lim muassasalari tyutorlari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari boshlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 30 apreldagi “Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlarning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 137-son buyrug‘iga muvofiq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tyutorlar uchun 36 soatga mo‘ljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
    Malaka oshirish kursidan ko‘zlangan maqsad – tyutorlarning oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy, ijodiy-innovatsion faoliyat sohalari bo‘yicha zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni, kompetensiyalarini rivojlantirishdan iboratdir.
    Jumladan, kurs davomida tyutorlarga oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatin tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari, tyutorning kasbiy kompetensiyalari va liderligi, talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil etish texnologiyalari, talabalar jamoasi psixologiyasi talabalar ijodiy-innovatsion faoliyatini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda ma’ruzalar, seimnar-treninglar tashkil etilmoqda.
          

          

          

         
    O‘quv jarayonlariga oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislari jalb etilgan bo‘lib,  o‘quv mashg‘ulotlari interfaol metodlar yordamida, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va masofadan (onlayn) tashkil etilmoqda.
    2024-yilning joriy holatiga ko‘ra,  100 dan ortiq  oliy ta’lim muassasalarining  ja’mi 872 nafar tyutorlar malaka oshirish kursida  tahsil oldi, ulardan 411 nafari to‘g‘ridan to‘g‘ri, 461 nafari masofaviy (onlayn) kurslarda o‘qidi, kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tyutorlar sertifikat bilan taqdirlandi.