Respublikada terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan choralar” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining qo‘shma Dasturi asosida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan yurtimiz bo‘ylab “Respublikada terrorizm, diniy ekstremizm, shuningdek giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan choralar” mavzusida respublika o‘quv seminari o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv seminarlarida respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari tyutorlari va “Qalqon” jamoatchilik tashkilotlari a’zolari ishtirok etdi. Seminar doirasidagi davra suhbatlarida bugungi davrda kuzatilayotgan narkovaziyatning so‘nggi tendensiyalari, giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar hamda internet tarmoqlari orqali diniy-ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlik g‘oyalari tarqalishining oldini olishda ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.
So'nggi yangiliklar
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
Korrupsiya – bu muvaffaqiyat emas. U adolatni buzadi, jamiyat ishonchini yemiradi.
Dekan o‘rinbosarlari markaz faoliyati bilan tanishdi!
Adiblar xiyobonida ma’naviyat va ma’rifat nafas olayapti...