“Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi boshlandi.
Final bosqichini ochib berish uchun Markaz direktori Abdumalik Akramov so‘zga chiqib, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi strategik islohotlarning yurtimiz hayotidagi ahamiyati, ularni amalga oshirishda ta’lim sohasi vakillarining o‘rni muhim ekanligni ta’kidlab, tanlov ishtirokchilariga omad tiladi.
Shundan so‘ng, final bosqichining 2-sharti bo‘yicha ishtirokchilarning ma’naviy, mafkuraviy, siyosiy, huquqiy targ‘ibot sohasidagi faoliyati hamda amalga oshirgan ishlari taqdimotlari boshlandi. Barcha ishtirokchilarning chiqishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda hamkor tashkilotlar mutaxassislaridan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholab borilib, shu joyning o‘zida ballar e’lon qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, tanlovning yakuniy bosqichida g‘olib deb topilgan ishtirokchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: BHMning 45 barobari miqdorida;
2-o‘rin: BHMning 40 barobari miqdorida;
3-o‘rin: BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!