Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir
Davlat rahbari yoshlarimiz ongu tafakkurida milliy gʻurur bilan birga umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol toptirish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligini qayd etdi.
Farzandlarimizni zamonaviy bilim va dunyoqarash, daromadli kasb egalari etib tarbiyalash, ularni ilm-fan, IT texnologiyalar, maʼnaviyat, sanʼat va adabiyot, sport bilan oshno etish uchun hech narsani ayamasdan, bor kuch va imkoniyatlar safarbar etiladi.
“Bugun faqat mana shunday ilgʻor yoshlarga, mana shunday jonkuyar ziyolilarga, Vatan ravnaqi yoʻlida birlashgan xalqqa ega boʻlgan davlatgina oʻz milliy manfaatlarini taʼminlashga erisha oladi.
Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir. Maʼnaviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk boʻladi”, – dedi davlatimiz rahbari.
So'nggi yangiliklar
Qoraqalpoq davlat universitetida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.
“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!
“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining hududiy bosqichlariga start berildi
Gender tenglik bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi tomonidan audit o‘tkazildi.
Tyutorlar malakasi oshirilmoqda