Talabalar shaharchasida talaba-yoshlar paradi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar hokimiyati, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan minglab talabalar ishtirokida Talabalar shaharchasida harbiylar va talaba-yoshlar paradi va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Harbiy orkestr yo‘lboshchilik qilgan parad Talabalar shaharchasidagi ulkan bayroq oldida to‘xtadi va bayram dasturiga ulanib ketdi. Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Bobur Mirzayev tabrik so‘zi bilan ochib berib, davlatimiz ramzi bo‘lgan, butunjahon arenalarida ko‘kka ko‘tarilganda barchamizning tanamizni jimirlatib, hayajonlanga soladigan bayrog‘imiz haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Shundan so‘ng, bayram tadbiri o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari, elimiz ardog‘idagi san’atkorlar ijrosidagi bayramona kuy-qo‘shiqlar bilan davom ettirildi.
Shonli tarix, hurlik timsoli, ezgulik va tinchlik ramzi – Vatanimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlar bugun soat 15:00 da Yangi O‘zbekiston bog‘ida davom ettiriladi. Barchangizni taklif qilamiz.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!