“Dunyoqarashlar muloqoti: Yoshlarning jamiyat kelajagiga munosabati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Dunyoqarashlar muloqoti: yoshlarning jamiyat kelajagiga munosabati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Anjuman avvalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Nodir Kasimov hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti birinchi prorektori Odil Yusupjonov so‘zga chiqib, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so‘ng xalqaro tashkilot vakillari, olimlar, xorijlik mehmonlarning ma’ruzalari tinglandi.
Mazkur konferensiyada Janubiy Koreya, Fransiya, Rossiya, Polsha, Finlandiya, Turkiya, Hindiston kabi xorijiy davlatlardan olimlar, respublika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar o‘z ma’ruza va maqolalari bilan ishtirok etmoqda.
So'nggi yangiliklar
Qoraqalpoq davlat universitetida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.
“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi!
“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining hududiy bosqichlariga start berildi
Gender tenglik bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi tomonidan audit o‘tkazildi.
Tyutorlar malakasi oshirilmoqda