Tadbirda vazirlikning mutasaddilari, hududiy boshqarmalarning rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda direktorlari ishtirok etdi.
Hay’at yig‘ilishini vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshqardi.
Yig‘ilishda hududlarni rivojlantirish va drayver nuqtalarini belgilash, tarmoq va sohalarda mavjud bo‘lgan muammolarga yechim topish, mahallalar, har bir oilaning turmush tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan ilmiy asoslantirilgan yondashuvni joriy qilishda aynan oliygohlar va texnikumlar jamoasining ilmiy salohiyati va amaliy tajribasini keng joriy qilish masalalari muhokama etildi.
Mana shunday tizimli yondashuv va ilmiy-amaliy tajribaning Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanishi ham bejiz emas. Mazkur yig‘ilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha hududlardagi oliygohlar va texnikumlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’lim va innovatsiyalar orqali kuchaytirish uchun muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA.
So'nggi yangiliklar
Markaz tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Ilhom – 2025” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Respublika insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!